QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARI DIAGNOSTIKASIDA ZAMONAVIY RADIOLOGIK USULLARINING ROLI

Authors

  • Alikulova Dilfuza Abdug’afforovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: qalqonsimon bez, ultratovush diagnostikasi, Dopplerografiya, elastografiya, kontrastli ultratovush, TI-RADS, sintigrafiya, KT, MRT, radiologik diagnostika.

Abstract

Annotatsiya. Qalqonsimon bez kasalliklari, xususan, tugunli hosilalar, diffuz patologik jarayonlar va qalqonsimon bez o‘smalarini erta aniqlash zamonaviy endokrinologiya va radiologiyaning dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. So‘nggi yillarda ultratovush tekshiruvi, Dopplerografiya, elastografiya, kontrastli ultratovush, radionuklid diagnostika, kompyuter tomografiyasi va magnit-rezonans tomografiya kabi radiologik usullar qalqonsimon bez patologiyasini kompleks baholash imkoniyatlarini kengaytirdi. Mazkur usullar bezning anatomik tuzilishi, tugunlarning morfologik xususiyatlari, qon tomirlanishi, to‘qima elastikligi, funksional faolligi va o‘smaning atrof to‘qimalarga tarqalishini baholash imkonini beradi. Zamonaviy radiologik diagnostika usullarini klinik va laborator tekshiruvlar bilan integratsiya qilish kasalliklarni erta aniqlash, differensial diagnostika va davolash taktikasini belgilash samaradorligini oshiradi.

References

Published

2026-10-06