AQLLI SHAHARLAR VA ELEKTRON HUKUMAT TIZIMLARIDA SUN'IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN MA'LUMOTLAR TAHLILI (DATA ANALYTICS) ORQALI BOSHQARUV QARORLARINI QO'LLAB-QUVVATLASH
Keywords:
Sun'iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, Data Analytics, elektron hukumat, aqlli shahar, Big Data, davlat boshqaruvi, prognozlash.Abstract
Ushbu tezisda raqamli iqtisodiyot sharoitida aqlli shaharlar va elektron hukumat tizimlarida davlat boshqaruvi qarorlarini qabul qilishni qo'llab-quvvatlashda sun'iy intellekt (SI) asosidagi Data Analytics vositalarining ilmiy-amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda shahar infratuzilmasi, aholiga xizmat ko'rsatish va davlat organlari faoliyatidan kelib chiquvchi katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va ulardan boshqaruv qarorlari uchun foydalanishning zamonaviy metodologik yondashuvlari ko'rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi — davlat boshqaruvi va shahar xo'jaligi sohasida SI-asosidagi Data Analytics vositalaridan foydalangan holda ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlarni prognozlash hamda qarorlar sifatini oshirishga xizmat qiluvchi kontseptual modelni ishlab chiqishdan iborat. Xulosalar O'zbekistonda elektron hukumat va aqlli shahar loyihalarini rivojlantirish uchun amaliy ahamiyatga ega.