RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SUN'IY INTELLEKT ASOSIDAGI DATA ANALYTICS VOSITALARI YORDAMIDA ISTE'MOLCHI XATTI-HARAKATINI TAHLIL QILISH VA PROGNOZLASH

Authors

  • Tojiboyeva Tozagul Baxtiyor qizi Author

Keywords:

Sun'iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, Data Analytics, Big Data, mashinali o'qitish, raqamli marketing, iste'molchi xulq-atvori, prognozlash.

Abstract

UshbuUshbu tezisda raqamli iqtisodiyot sharoitida raqamli marketing faoliyatida iste'molchilarning xatti-harakatini tahlil qilish va prognozlash borasida sun'iy intellekt (SI) texnologiyalari hamda Data Analytics vositalarining ilmiy-amaliy ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqotda katta hajmdagi marketing ma'lumotlarini — clickstream, ijtimoiy tarmoqdagi faollik, onlayn xarid tarixi kabi ko'rsatkichlarni — qayta ishlash va tahlil qilishning zamonaviy metodologik yondashuvlari, jumladan mashinaviy o'qitish algoritmlari, klasterlash va regressiya usullari ko'rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi — iste'molchi xulq-atvorini aniq segmentlash va prognozlash orqali korxonalarning marketing qarorlarini ilmiy asosda optimallashtirishga xizmat qiluvchi kontseptual modelni ishlab chiqishdan iborat. Olingan xulosalar O'zbekiston raqamli bozorida faoliyat yurituvchi korxonalar uchun amaliy ahamiyatga ega.

References

Published

2026-10-06