TIJORAT BANKLARINING HISOB SIYOSATINI XALQARO MOLIYAVIY HISOBOT STANDARTLARIGA MUVOFIQLASHTIRISH MASALALARI
Keywords:
Kalit soʻzlar: Hisob siyosati, tijorat banklari, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari, MHXS, moliyaviy hisobot, buxgalteriya hisobi, hisob yuritish tamoyillari, hisob siyosatini muvofiqlashtirish, moliyaviy hisobotning shaffofligi.Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezisda tijorat banklarining hisob siyosatini xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiqlashtirishning tashkiliy va uslubiy masalalari yoritilgan. Moliyaviy aktivlar va majburiyatlarni tasniflash, baholash, daromadlarni tan olish hamda kutilayotgan kredit zararlarini hisoblashga oid yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Milliy hisob amaliyoti bilan xalqaro talablar o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlash va bartaraf etish yo‘nalishlari asoslangan. Hisob siyosatining izchilligi, professional mulohaza, axborotni ochib berish va ichki nazoratning ahamiyati ochib berilgan. Bank hisobotlarining ishonchliligi va taqqoslanuvchanligini oshirish uchun hisob siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar shakllantirilgan hamda ularni amaliyotga tatbiq etish zarurati ta’kidlangan.