QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA INTRODUKSIYA QILINGAN KLEN (ACER L.) TURLARINING KO‘PAYISH YO‘LLARI

Authors

  • Kurbanbaeva Gulbanu Baxtiyarovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Acer L., klen turlari, Qoraqalpog‘iston, introduksiya, ko‘payish, generativ ko‘payish.

Abstract

 Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos ekologik va iqlimiy sharoitida introduksiya qilingan klen (Acer L.) turlarini ko‘paytirish imkoniyatlari maqolamizda tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori hududda uchrashi va ko‘kalamzorlashtirishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan Acer tataricum, Acer negundo, Acer platanoides va Acer saccharinum turlarining ko‘payish xususiyatlariga qaratiladi. Klenlarning biologik xususiyatlari, muhit sharoitiga moslashuvi hamda ko‘chat materialini olish imkoniyatlari o‘rganilib, ularni ko‘paytirishda generativ va vegetativ usullardan foydalanishning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Ayniqsa, urug‘dan yangi nihollar olish, vegetativ usullar orqali ko‘chat yetishtirish va hosil qilingan o‘simliklarning keyingi rivojlanishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Olingan ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston sharoitida klen turlarini ko‘paytirish, ularning ko‘chatlarini yetishtirish va manzarali o‘simliklar sifatida amaliyotga joriy etish istiqbollarini belgilashga xizmat qiladi.

References

Published

2026-10-06