TENG MEHNAT UCHUN TENG HAQ TO‘LASH PRINSIPINI TA’MINLASHNING HUQUQIY KAFOLATLARI

Authors

  • Turxunov Shaxzodbek Xamza o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: mehnat huquqi, teng haq to‘lash, teng qiymatdagi mehnat, kamsitish, ish haqi, gender tengligi, huquqiy kafolatlar, ish haqi shaffofligi.

Abstract

Ushbu tezisda mehnat huquqining muhim prinsiplaridan biri bo‘lgan teng mehnat uchun teng haq to‘lash prinsipining huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda teng qiymatdagi mehnat uchun teng haq to‘lash, mehnat munosabatlarida kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, gender tengligini ta’minlash, ish haqi shaffofligi va xodimlarning buzilgan huquqlarini himoya qilish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan kafolatlar, O‘zbekistonning Xalqaro Mehnat Tashkilotining 100- va 111-sonli konvensiyalariga qo‘shilishi hamda mamlakatda ish haqi bo‘yicha gender tafovutini kamaytirish masalalari yoritiladi. Zamonaviy mehnat munosabatlarida sun’iy intellekt va algoritmik boshqaruvdan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yangi kamsitish shakllari ham tahlil qilinib, ularning oldini olish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.

References

Published

2026-10-06