MEHNAT MUNOSABATLARIDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING HUQUQIY MUAMMOLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, mehnat huquqi, mehnat munosabatlari, algoritmik boshqaruv, kamsitish, shaxsga doir ma’lumotlar, ishga qabul qilish, xodim huquqlari, inson nazorati.Abstract
Ushbu tezisda mehnat munosabatlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning huquqiy jihatlari tahlil qilinadi. Xususan, sun’iy intellektdan xodimlarni ishga qabul qilish, mehnat samaradorligini baholash, ish haqini belgilash, ish vaqtini rejalashtirish va boshqa mehnat jarayonlarini boshqarishda foydalanish bilan bog‘liq huquqiy muammolar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, algoritmik kamsitish, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, sun’iy intellekt asosida qabul qilinadigan qarorlarning shaffofligi va inson nazoratini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasining 2026-yilda qabul qilingan sun’iy intellektdan foydalanishga oid qonunchilikdagi yangi normalari hamda mehnat huquqini takomillashtirish zarurati tahlil qilinadi.