SHAMSU-L-AIMMA SARAXSIYNING “AL-MABSUT” ASARIDA MOLIYAVIY FATVOLARNI ASOSLASH USLUBI VA URFNING O‘RNI

Authors

  • Muzaffar Kamilov Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Saraxsiy, “al-Mabsut”, hanafiy mazhabi, urf va odat, istihson, tarjih, murobaha, fiqhiy qoidalar.

Abstract

Annotatsiya. Maqolada Movarounnahr hanafiy fiqh maktabining yirik namoyandasi Shamsu-l-aimma Saraxsiyning “al-Mabsut” asaridagi moliyaviy fatvolar ularning asoslanish mantig‘i nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Asarning savdo-sotiq, ijara, murobaha va vakolatga oid boblaridan olingan fatvolar misolida faqihning dalil keltirish tartibi, hanafiy mazhabidagi ixtiloflarni tarjih qilish yo‘li hamda urf va odatga tayanish darajasi o‘rganiladi. Tadqiqot Saraxsiy urfni mustaqil huquqiy manba darajasida qo‘llagani, ammo uni nassga zid kelgan o‘rinlarda qat’iy cheklaganini ko‘rsatadi. Natijalar “al-Mabsut”da qo‘llangan yondashuvning keyinchalik “Majallat al-ahkom al-adliyya”da qonun normasi sifatida mustahkamlangan qoidalar bilan uyg‘unligini asoslaydi.

References

Published

2026-10-06