HUDUDIY BOSHQARUV ORGANLARI FAOLIYATIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: raqamli boshqaruv, hududiy boshqaruv, raqamli texnologiyalar, raqamli mahalla, elektron hukumat, KPI, mahalla yettiligi, elektron platforma, raqamli monitoring, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv.Abstract
Annotatsiya. Ushbu tezisda hududiy boshqaruv organlari faoliyatini raqamlashtirishning tashkiliy-uslubiy jihatlari, raqamli texnologiyalarning boshqaruv samaradorligini oshirishdagi o‘rni hamda “Raqamli mahalla” tizimini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Hududiy boshqaruvning quyi bo‘g‘ini hisoblangan mahalla faoliyatida elektron platformalar, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv, elektron monitoring, raqamli KPI, elektron tabel va integratsiyalashgan axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, “Mahalla yettiligi” faoliyatini baholashda raqamli texnologiyalarni qo‘llashning tashkiliy va iqtisodiy afzalliklari, aholi bandligi, ijtimoiy himoya va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jarayonlarida elektron platformalarning ahamiyati ochib beriladi.