ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA TIL KORPUSLARINING O‘RNI VA NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: korpus lingvistikasi, leksikografiya, chastotali lug‘at, kollokatsiya, nutqiy variantdorlik, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), katta til modellari (LLM), lingvodidaktika.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslik va axborot texnologiyalarining tutashgan nuqtasi bo‘lgan korpus lingvistikasining amaliy hamda nazariy ahamiyati atroflicha yoritilgan. Tadqiqotda zamonaviy leksikografiyada lug‘atlar yaratish, so‘zlarning real chastotasi va kontekstdagi semantik dinamikasini aniqlashda korpuslarning hal qiluvchi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, korpus texnologiyalari orqali tilning grammatik qoidalaridan chetga chiqish holatlari, nutqiy variantdorlik hamda yangi sintaktik konstruksiyalarning paydo bo‘lish tendensiyalari ko‘rsatib berilgan. Maqolada til korpuslarining tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), katta til modellari (LLM), neyron mashina tarjimasi hamda lingvodidaktika kabi amaliy sohalardagi roli tizimlashtirilgan holda dalillangan.