BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISH KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Authors

  • Raxmonova Dilobar Usmonovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: bo‘lajak pedagog, mustaqil ta’lim, kompetensiya, kasbiy kompetentlik, pedagogik texnologiya, loyiha metodi, refleksiya.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarning mustaqil ta’lim olish kompetensiyalarini rivojlantirishning mazmuni, ahamiyati va samarali usullari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida pedagogdan nafaqat mavjud bilimlarni egallash, balki yangi bilimlarni mustaqil izlash, tahlil qilish, amaliyotda qo‘llash va muntazam ravishda o‘z ustida ishlash talab etiladi. Shu nuqtayi nazardan, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Maqolada muammoli ta’lim, loyiha metodi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, portfolio, refleksiya, mustaqil tadqiqot va hamkorlikda ta’lim kabi usullarning imkoniyatlari tahlil qilingan.

References

Published

2026-10-07