QISHLOQ XO‘JALIGI XOMASHYOSINI QAYTA ISHLASHDA RESURS-SAMARADOR TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH VA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: qishloq xo‘jaligi xomashyosi, qayta ishlash, resurs-samaradorlik, energiya tejamkorlik, suv resurslari, ikkilamchi xomashyo, chiqindisiz texnologiya, ishlab chiqarish samaradorligi, texnologik yo‘qotish.Abstract
Annotatsiya. Ushbu tezisda qishloq xo‘jaligi xomashyosini qayta ishlash jarayonlarida resurs-samarador texnologiyalarni qo‘llashning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan. Xomashyo, suv, energiya va yordamchi materiallardan oqilona foydalanish, texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish, ikkilamchi resurslarni qayta ishlab chiqarishga jalb etish hamda chiqindisiz va kam chiqindili ishlab chiqarish tizimlarini shakllantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, qayta ishlash korxonalarida zamonaviy texnologik uskunalar, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari va resurslardan kompleks foydalanish asosida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari asoslab berilgan.
References
Downloads
Published
2026-10-07
Issue
Section
Articles