MARKAZIY OSIYO XONLIKLARIGA TASHRIF BUYURGAN YEVROPALIK SAYYOHLAR, OLIMLAR VA ELCHILAR

Authors

  • Muhammad Eshkuvatov Author

Keywords:

Kalit so'zlar: Markaziy Osiyo xonliklari, Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qo‘qon xonligi, yevropalik sayyohlar, sayohatnomalar, “Katta o‘yin”, Rossiya imperiyasi bosqini, xorijiy manbalar, tarixshunoslik.

Abstract

Annotatsiya. Tezisda XVI-XX asr boshlarida Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklariga tashrif buyurgan yevropalik sayyoh, olim, diplomat va jurnalistlarning faoliyati tahlil qilinadi. Ularning sayohatnomalari va esdaliklari Markaziy Osiyo tarixini o‘rganishda muhim yozma manba sifatida ko‘rib chiqiladi. Tashriflar Rossiya bosqinigacha va undan keyingi davrlarga bo‘lib o‘rganiladi, “Katta o‘yin” sharoitida ularning siyosiy, razvedka, ilmiy va tijorat maqsadlari yoritiladi. Arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, 1890-1898-yillarda Buxoro va Turkistonga 289 nafar xorijlik tashrif buyurgan. Tezis O‘zbekiston tarixshunosligida xorijiy manbalarga tanqidiy yondashish zarurligini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-10-07