MARKAZIY OSIYO XONLIKLARI TARIXINI O‘RGANISHDA YEVROPA SAYOHATCHILARI ASARLARINING MANBASHUNOSLIK AHAMIYATI

Authors

  • Muhammad Eshkuvatov Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: O‘rta Osiyo xonliklari, Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qo‘qon xonligi, Yevropa sayohatchilari, yozma manbalar, sayohatnomalar, manbashunoslik, diplomatik aloqalar, XIX asr tarixi.

Abstract

Annotatsiya. Tezisda XIX asrda O‘rta Osiyo xonliklariga tashrif buyurgan yevropalik sayohatchilar, olimlar, diplomatlar va harbiy xizmatchilarning asarlari tarixiy manba sifatida tahlil qilinadi. Aleksandr Byorns, Uilyam Murkroft, Jozef Volf, Ole Olufsen, Jeyms Abbot, Anri Moser, Jon Grover va Frederik Gustav Bernabi kabi mualliflarning asarlarida Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid ma’lumotlar yoritiladi. Shuningdek, ushbu yozma manbalarning O‘zbekiston tarixini o‘rganishdagi ahamiyati va ulardan foydalanishning manbashunoslik jihatlari ko‘rib chiqiladi.

References

Published

2026-10-07