BUXORO VILOYATIDA YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI VA BARQAROR HUDUDIY RIVOJLANISH MEXANIZMLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, hududiy boshqaruv, Buxoro viloyati, resurs samaradorligi, qayta tiklanuvchi energiya, suv tejash, yashil investitsiya, ekologik innovatsiya, yashil o‘sish.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda Buxoro viloyatida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarini samarali boshqarish, tabiiy va iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanish hamda barqaror hududiy rivojlanishni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan. Hududning tabiiy-iqlim sharoiti, suv resurslarining cheklanganligi, energetika, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport va kommunal infratuzilmaning rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqib, “yashil” transformatsiyaning hududiy boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish zarurati asoslangan. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari, suv tejovchi texnologiyalar, energiya samaradorligi, chiqindilarni qayta ishlash, “yashil” investitsiyalar va ekologik innovatsiyalarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar bayon etilgan.