MUQOBIL INVESTITSION TRAYEKTORIYALAR ASOSIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHNING TABAQALASHTIRILGAN BOSHQARUV REJIMLARI
Abstract
Hududiy investitsiya siyosatida prognoz natijasini bitta nuqtaviy qiymat bilan ifodalash qaror qabul qiluvchi uchun yetarli axborot bermaydi. Ayniqsa, investitsiya oqimlari yuqori tashqi va ichki tavakkalchilikka ega bo‘lgan sharoitda prognozning quyi, markaziy va yuqori chegaralari o‘rtasidagi farq boshqaruv strategiyasining o‘zini o‘zgartirishi mumkin. Qashqadaryo viloyatida investitsiyalar orqali kambag‘allikni qisqartirish metodologiyasini takomillashtirish doirasida ushbu muammo ARIMA modellaridan olingan 95 foizlik prognoz intervallarini bevosita “ssenariy” deb qabul qilish orqali emas, balki ularni ehtiyotkor, bazaviy va faollashtirilgan investitsion trayektoriyalarni shakllantirish uchun statistik tayanch sifatida qo‘llash orqali hal etildi.