BOLALAR SEREBRAL FALAJIDA MOTOR FUNKSIYALARNI BAHOLASH VA REABILITATSIYA SAMARADORLIGINI PROGNOZLASH

Authors

  • Maxmudova Dilnoza Maxsudovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: bolalar serebral falaji, motor funksiyalar, reabilitatsiya, GMFCS, GMFM, MACS, spastiklik, funksional holat, prognozlash.

Abstract

Bolalar serebral falaji (BSF) muammosi bolalar nogironligiga olib keladigan asab tizimining perinatal patologiyasining yuqori tarqalishi tufayli juda dolzarbdir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlarining ma’lumotlariga ko‘ra, hayotiy va ijtimoiy funksiyalari cheklangan bolalar (16 yoshgacha) soni Yer shari aholisining qariyb 10 foizini tashkil etadi. Jahon va mahalliy statistik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, so‘nggi 50 yil ichida BSF tufayli nogironlarning barqaror o‘sishi kuzatildi: XX asr o‘rtalarida 1000 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqqa 0,4 holat, XXI asr boshlarida esa 13-15 holatga yetdi, ya’ni o‘sish 35-37 martani tashkil etdi.

References

Published

2026-10-08