ERTA VA KECHKI PSORIATIK ARTRITDA SEKUKINUMAB BILAN NISHONLI TERAPIYANING QIYOSIY SAMARADORLIGI

Authors

  • Shodikulova G.Z. Author
  • Vohidov J.J. Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: psoriatik artrit, sekukinumab, IL 17A, kalprotektin, DAS28, EULAR javobi.

Abstract

Annotatsiya. Erta (boʻgʻim sindromi davomiyligi 2 yildan kam) va kechki (2 yil va undan ortiq) psoriatik artritda (PsA) IL‑17A ingibitori sekukinumabning klinik va laborator samaradorligi anʼanaviy terapiya bilan qiyosiy baholandi. Sekukinumab bilan 31 nafar, anʼanaviy terapiya bilan 40 nafar bemor davolandi; davolashdan oldin, 12- va 28-haftalarda DAS28, PASI, MASES, entezit va daktilitlar hamda qon zardobidagi C‑reaktiv oqsil (CRO), TNF‑α, IL‑17 va kalprotektin darajasi baholandi. Sekukinumab har ikkala kechish variantida anʼanaviy davolashga nisbatan koʻrsatkichlarning yaqqolroq pasayishini taʼminladi, biroq past faollik va EULAR mezonlari boʻyicha yaxshi javobga faqat erta PsAda erishildi. Zardob kalprotektini DAS28 bilan korrelyatsion bogʻliqlikka ega boʻlib (r=0,772), davolashga javobni monitoring qilishning obyektiv biomarkeri sifatida qoʻllanilishi mumkin.

References

Published

2026-10-13