PRENATAL STRESS TA‘SIRIDA KALAMUSHLAR AVLODLARINING MOTOR KOORDINATSIYASI VA MIYACHA FUNKSIYASINING O‘ZGARISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: prenatal stress, motor koordinatsiya, gait test, grip strength, rota-rod, miyacha, antioksidant, resveratrol.Abstract
Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda prenatal stress sharoitida kalamushlar avlodlarining motor koordinatsiyasi va miyacha funksiyasidagi o‘zgarishlar, shuningdek antioksidant (resveratrol) vositaning himoya ta‘siri o‘rganildi. Tajribada tana vazni 180–250 g bo‘lgan 60 ta urg‘ochi oq kalamush uchta guruhga (nazorat, prenatal stress va stress + resveratrol, har birida n = 20) taqsimlandi; avlodlarning motor funksiyasi Gait test (PND 11), Grip strength (PND 16) va Rota-rod test (PND 23) yordamida baholandi. Bir omilli ANOVA tahliliga ko‘ra, uchala testda ham guruhlar o‘rtasida statistik jihatdan ishonchli farq aniqlanmadi (p > 0.05), biroq stress guruhida barcha ko‘rsatkichlar biroz pastroq, stress + resveratrol guruhida esa nazoratga yaqinroq bo‘ldi. Bir vaqtning o‘zida o‘tkazilgan biokimyoviy tahlil stress guruhida kortizol va MDA darajasining ortishi hamda antioksidant fermentlar faolligining pasayishini ko‘rsatdi. Xulosa qilib aytganda, qo‘llanilgan prenatal stress modeli avlodlarning qo‘pol motorikasiga statistik jihatdan ishonchli salbiy ta‘sir ko‘rsatmadi, biroq aniqlangan tendensiyalar miyacha funksiyasidagi subklinik o‘zgarishlardan dalolat berishi mumkin.