EKSPERIMENTAL GIPOTIREOZ FONIDA JIGARNING CHAP VA O'NG BO'LAKLARI QON TOMIRLARI TUZILISHINING O'ZGARISHLARI

Authors

  • Sagdullayeva Mahmuda Kamalovna Author
  • Axmedova Sayyora Muxamadovna Author

Keywords:

Kalit so'zlar: gipotireoz, jigar, chap bo'lak, o'ng bo'lak, qon tomirlar, mikrotsirkulyator o'zan, sinusoid kapillyarlar, tiamazol, morfometriya.

Abstract

Ushbu tezisda tiamazol (merkazolil) yordamida chaqirilgan eksperimental gipotireoz fonida oq zotsiz kalamushlar jigarining chap va o'ng bo'laklari qon tomirlari tuzilishidagi o'zgarishlar bayon etilgan. Tadqiqot 17 ta hayvonda o'tkazildi: nazorat guruhi (n=5) hamda gipotireozning 10-, 30- va 60-kunlaridagi guruhlar (har birida n=4). Jigar bo'laklaridan olingan namunalar neytral formalinda fiksatsiya qilinib, kesmalar gematoksilin-eozin usulida bo'yaldi, morfometriya G.G. Avtandilov usuli bo'yicha o'tkazildi. Gipotireoz fonida portal traktlardagi tomirlar kengayishi, ularning bo'shlig'ida qon plazmasi va shaklli elementlarning dimlanishi, tomir devori va atrofidagi biriktiruvchi to'qimaning bo'shashishi hamda sinusoid kapillyarlarning notekis kengayishi aniqlandi; tomir o'zgarishlari gepatotsitlarning distrofik o'zgarishlari bilan birga kechdi. Natijalar gipotireozda jigar mikrotsirkulyator o'zanining qayta qurilishini tavsiflaydi va endokrin kasalliklar fonidagi jigar shikastlanishining morfologik asoslarini aniqlashtiradi.

References

Published

2026-10-30