MAQSAD QO‘YISH XUSUSIYATLARINING MOTIVATSIYA DARAJASIGA TA’SIRI
Keywords:
motivatsiya, maqsad qo‘yish, ichki motivatsiya, tashqi motivatsiya, shaxs rivojlanishi, faoliyat samaradorligi, motiv, ehtiyoj.Abstract
Mazkur tezisda shaxsning maqsad qo‘yish
xususiyatlari va motivatsiya darajasi o‘rtasidagi psixologik bog‘liqlik
masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda maqsadlarni belgilashning shaxs
faoliyatiga ta’siri, ichki va tashqi motivatsiya omillari hamda maqsadning aniq
qo‘yilishi inson faoliyati samaradorligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan.
Shuningdek, maqsad qo‘yish jarayonining shaxsning qiziqishlari, ehtiyojlari va
muvaffaqiyatga intilish darajasiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Maqsadlarning aniq
va real belgilanishi shaxsda o‘ziga bo‘lgan ishonchni kuchaytirishi, faoliyatga
qiziqishni oshirishi va motivatsiyaning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi
asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari maqsadlarni to‘g‘ri belgilash motivatsiya
darajasining ortishiga hamda faoliyat samaradorligining yaxshilanishiga
xizmat qilishini ko‘rsatadi.