TALABALARDA DIVERGENT (IJODIY) TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA TAYM-MENEJMENT (VAQT CHEKLOVI) STRESSINING TAʼSIRI

Authors

  • Dehkanova Marg’uba Erkinovna Author
  • Muxammadaliyeva Madina Farxodjon qizi Author

Keywords:

divergent tafakkur, kreativlik, taym-menejment stressi, vaqt cheklovi, kognitiv yuklama, Yerks-Dodson qonuni, talabalar psixologiyasi, eksperimental tahlil, ishchi xotira, affektiv blokada.

Abstract

Ushbu maqolada oliy taʼlim muassasalari talabalarida 
divergent (ijodiy) tafakkurni rivojlantirish jarayoniga vaqt cheklovi (taym
menejment stressi) omilining taʼsiri nazariy jihatdan keng koʻlamda tahlil 
qilinadi. Eksperimental psixologiya doirasida kreativlik va kognitiv bosim 
oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar, xususan, Yerks-Dodson qonuniyati, kognitiv 
yuklama nazariyalari hamda ishchi xotira resurslarining taqsimlanishi tizimli 
ravishda yoritilgan. Maqolada vaqt taqchilligi talabalarning noodatiy gʻoyalar 
ishlab chiqish (ravonlik, moslanuvchanlik, oʻziga xoslik) qobiliyatini qanday 
cheklashi yoki maʼlum sharoitlarda intellektual safarbarlikka turtki boʻlishi 
mumkinligi borasidagi zamonaviy yondashuvlar umumlashtirilgan. 

References

Published

2026-06-06