O‘RTA MAKTABLAR BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA SO‘Z MA’NOLARI BILAN BOG‘LIQ TUShINChALAR HOSIL QILISh USULLARI
Keywords:
Tadqiqot mavzusi yuzasidan olib borilgan tajriba-sinov davrida so‘z ma’nosini tushuntirishda quyidagi usullardan foydalanish ijobiy samara berishi kuzatildi.Abstract
So‘z - tilning asosiy birligi bo‘lib, u orqali tevarak-atrofimizdagi narsa va
hodisalar nomlanadi. “So‘z,- deyiladi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da,- o‘z tovush
qobig‘iga ega bo‘lgan, narsa-hodisalar, jarayonlar, shaxslar, belgi va miqdorlarni,
xususiyatlarni, harakat va holatni, aloqa va munosabatlarni nomlash uchun xizmat
qiladigan, mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan, shuningdek, turli grammatik
ma’no va vazifalarda qo‘llanadigan eng muhim til birligidir”. Boshlang‘ich sinflarda
so‘zning fikr ifodasida nutqda tutgan o‘rnidan, gapda turli ma’no va vazifalarda
qo‘llanishidan kelib chiqqan holda so‘z ma’nolarini tushuntirish usullari tanlanadi.
O‘qituvchi ona tili va o‘qish darslariga faol nutqqa kiritiladigan, ma’nosi
tushuntiriladigan so‘zlarning ma’nosini o‘quvchilar bilan birga “O‘zbek tilining
izohli lug‘ati”dan topib, so‘ng ayrim so‘zlarning ma’nosini izohlashni uyga vazifa
qilib bersa, jamoa bo‘lib ma’noni izohlashga rag‘bat uyg‘otsa, mustaqil faoliyatga
o‘rgatish oson kechadi. “Amaliy fazilatlar, odatlar ikki turli yo‘l bilan hosil qilinadi:
birinchi yo‘l – qanoatbaxsh so‘zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida
odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g‘ayrat, kasbga-intilish
harakatga aylantiriladi”,- deb yozgan edi Forobiy.