BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Keywords:
zamonaviy pedagogik texnologiyalar, boshlang‘ich ta’lim, interfaol metodlar, innovatsion yondashuv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim samaradorligi, o‘quvchi faolligi, kompetensiya.Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Ta’lim
jarayonida interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda
innovatsion yondashuvlardan foydalanishning o‘quvchilarning bilim olish
faolligi, mustaqil fikrlashi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati
yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida dars
samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini
kuchaytirish va tayanch kompetensiyalarni shakllantirish masalalari ko‘rib
chiqilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda innovatsion metodlardan
foydalanish o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini samarali
rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.