IJTIMOIY TARMOQLAR TA’SIRIDA SHAKLLANAYOTGAN NEOLOGIZMLAR VA ULARNING SEMANTIK EVOLYUTSIYASI

Authors

  • Abdusalomova Madinaxon Toxirjon qizi Author

Keywords:

ijtimoiy tarmoqlar, neologizm, semantik evolyutsiya, raqamli diskurs, mem, hashtag, gibrid so‘z, kalkalash, pragmatika, o‘zbek tili.

Abstract

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida o‘zbek tilida 
shakllanayotgan neologizmlar va ularning semantik evolyutsiyasi lingvistik 
jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi raqamli muloqot muhitida paydo 
bo‘layotgan yangi leksik birliklarning shakllanish manbalari, tuzilish 
modellari, ma’no kengayishi, torayishi, metaforalashuvi va pragmatik 
vazifalarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tavsifiy, struktur-semantik, 
komponent tahlil, kontekstual va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. 
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy tarmoqlar neologizmlarining asosiy qismi 
ingliz tilidan kirgan raqamli atamalar, gibrid fe’llar, kalkalar, qisqartmalar, 
hashtag birliklari va memetik iboralardan tashkil topadi. Ular dastlab 
platformaga xos texnik ma’noda qo‘llanadi, keyinchalik baholovchi, 
emotsional, ijtimoiy mavqe bildiruvchi yoki kinoyaviy ma’nolarni ham oladi. 
Maqolada “layk”, “repost”, “storis”, “trend”, “krinj”, “viral”, “kontentchi”,

References

Published

2026-06-26