GʻARB TARIXSHUNOSLIGIDA XORAZMSHOH ANUSHTEGINIYLAR DAVLATI TASHQI SIYOSATINING O‘RGANILISHI

Authors

  • Tolibjonov A Author

Keywords:

Xorazmshohlar, Anushteginiylar, tashqi siyosat, diplomatiya, tarixshunoslik, Gʻarb sharqshunosligi, Qoraxitoylar, moʻgʻul istilosi, jugʻrofiy-siyosat, mashruiyat, Turkon xotun, ikkihokimiyatchilik.

Abstract

Ushbu maqola Xorazmshoh-Anushteginiylar davlatining 
tashqi siyosati Gʻarb tarixshunosligida qanday talqin etilganini tahlil qilishga 
bagʻishlangan. Tadqiqotda Gʻarb sharqshunosligining R.Grusse, M.Hodjson, 
M.Biran, A.Anushtahr, B. De Nikola kabi yetakchi namoyandalarining ilmiy 
asarlari qiyosiy-tarixiy va tushunchaviy tahlil usullari asosida oʻrganilgan. 
Maqolada Gʻarb ilmiy fikrining tadriji kuzatilgan: imperiya tanazzulini 
hukmdor shaxsiyati bilan bogʻlovchi anʼanaviy qarashlardan, tizimli
sivilizatsion, jugʻrofiy-siyosiy va ijtimoiy-madaniy tahlillarga oʻtish jarayoni 
koʻrsatib berilgan. Xorazmshohlar davlatining Abbosiylar xalifaligi, 
Qoraxitoylar va moʻgʻullar bilan boʻlgan murakkab munosabatlari Gʻarb 
olimlarining nazariyalari asosida qayta baholangan. Tadqiqot natijasida 
Anushteginiylar imperiyasi tanazzulining zamonaviy Gʻarb tarixshunosligida 
koʻp omilli va murakkab hodisa sifatida – davlatning ichki tuzilmaviy 
zaifliklari, tadbiriy xatolar, mashruiyat uchun kurashlar va tashqi olamdagi 
oʻzgarishlar majmuasi sifatida talqin qilinishi asoslab berilgan. 

References

Published

2026-06-26