IJTIMOIY-IQTISODIY STATISTIKADA MEHNAT RESURSLARINI HISOBLASHNING ZAMONAVIY USULLARI
Keywords:
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni statistik baholashda mehnat resurslari eng muhim kategoriyalardan biri hisoblanadi. Chunki har qanday hudud yoki mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati, daromadlar darajasi, kambag'allik ko'lami, aholi farovonligi hamda iqtisodiy o'sish sur'atlari bevosita mehnat resurslarining miqdori, sifati va tarkibiga bog'liq. Shu bois mehnat resurslarini to'g'ri hisoblash, ulardan foydalanish samaradorligini aniqlash va kelajakdagi dinamikasini prognoz qilish statistikaning dolzarb yo'nalishlaridan biridirAbstract
Ushbu tezisda ijtimoiy-iqtisodiy statistikada mehnat resurslarini
hisoblashning nazariy asoslari, ularni baholashda qo'llaniladigan an'anaviy va
zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Mehnat resurslari hajmi, tarkibi,
iqtisodiy faollik darajasi, bandlik va ishsizlik ko'rsatkichlarini aniqlashda
demografik-statistik, balans, tanlanma kuzatuv, ekonometrik hamda raqamli
ma'lumotlarga asoslangan usullar yoritiladi. Shuningdek, norasmiy bandlik,
mehnat migratsiyasi, platforma iqtisodiyoti va katta ma'lumotlar sharoitida
mehnat resurslarini aniq hisoblash muammolari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot
natijasida
mehnat resurslari statistikasini takomillashtirish uchun
integrallashgan
ma'lumotlar
tizimi,
administrativ
registrlar,
GIS
texnologiyalari va sun'iy intellekt asosidagi tahlil vositalaridan foydalanish
zarurligi asoslab beriladi.