CALENDULA OFFICINALIS L. O‘SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI VA ZAMONAVIY FITOTERAPIYADAGI AHAMIYATI
Keywords:
Calendula officinalis, dorivor o‘simlik, flavonoidlar, antioksidant, fitoterapiya, farmakologiya, antibakterial faollik, reparatsiya.Abstract
Mazkur maqolada Calendula officinalis L. (dorivor
kalendula) o‘simligining biologik va farmakologik xususiyatlari, kimyoviy
tarkibi hamda zamonaviy tibbiyotdagi dorivorlik ahamiyati ilmiy manbalar
tahlili asosida yoritilgan. O‘simlik tarkibidagi flavonoidlar, karotinoidlar,
triterpen saponinlar, efir moylari va fenolik birikmalarning biologik faolligi,
xususan, yallig‘lanishga qarshi, antioksidant, antibakterial hamda reparativ
(yara bitkazuvchi) ta’sir mexanizmlari tahlil qilindi. Shuningdek, kalendula
xomashyosi asosida olinadigan fitopreparatlarning zamonaviy fitoterapiya,
farmatsevtika va kosmetologiya sohalaridagi qo‘llanilish istiqbollari
muhokama etildi.
References
Downloads
Published
2026-06-27
Issue
Section
Articles