DORIS LESSING IJODIDAGI HIKOYA JANRI STRUKTURASI

Authors

  • Davlatova Vazira Otabek qizi Author

Keywords:

Doris Lessing, short story, struktura, kompozitsiya, poetika, modernizm, Afrika hikoyalari.

Abstract

Mazkur maqolada XX asr ingliz adabiyotining yirik 
namoyandalaridan biri bo‘lgan Doris Lessing qisqa hikoyalarining 
strukturaviy-poetik 
xususiyatlari 
zamonaviy 
adabiyotshunoslik 
va 
narratologiya yondashuvlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy 
maqsadi muallif hikoyalarida syujet qurilishi, kompozitsion tuzilma, 
konfliktning rivojlanishi, obrazlar tizimi, vaqt va makonning badiiy funksiyasi 
hamda ochiq yakun poetikasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 
Tadqiqot materiali sifatida African Stories, The Habit of Loving va A Man and 
Two Women hikoyalar to‘plamlaridan tanlab olingan asarlar tahlil qilindi. 
Tadqiqotda strukturaviy, narratologik, qiyosiy-tipologik hamda germenevtik 
metodlardan foydalanildi

References

Published

2026-06-28