YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISH JARAYONIDA O‘RMON XO‘JALIKLARI UCHUN BARQAROR MOLIYALASHTIRISH MODELI

Authors

  • Karimov Dilshod Turabboyevich Author

Keywords:

O‘rmon xo‘jaliklarini moliyalashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish ularning samarali yechimlarini ishlab chiqish uchun muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda ushbu muammolarni yiriklashtirilgan holda ikki asosiy guruhga, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy muammolarga ajratish maqsadga muvofiq sanaladi. Bunday tasnif har bir darajadagi omillarning o‘rmon xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniq tahlil qilish imkonini beradi.

Abstract

O‘rmon xo‘jaliklari iqtisodiy o‘sish, ekologik barqarorlik va aholi 
farovonligini ta’minlashda muhim strategik tarmoqlardan biri hisoblanadi. 
Biroq, ushbu sohani moliyalashtirishda ko‘plab tuzilmaviy, institutsional va 
amaliyotdagi muammolar mavjud bo‘lib, ular nafaqat moliyaviy manbalarning 
yetarli emasligi, balki ularning samarali taqsimlanmasligi va boshqarilishining 
zaifligi bilan ham bog‘liqdir. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘rmon 
xo‘jaliklarini samarali moliyalashtirish uchun mablag‘larning barqaror 
manbalarini shakllantirish, ulardan maqsadli va shaffof foydalanishni 
ta’minlash, hamda davlat, xususiy sektor va jamoatchilik o‘rtasidagi o‘zaro 
ishonch va hamkorlik muhitini mustahkamlash lozim. Xususan, O‘zbekiston 
sharoitida bu sohadagi moliyalashtirish jarayonlarini chuqur tahlil qilish, 
mavjud to‘siq va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini 
ishlab chiqish ayni vaqtdagi dolzarb masalaga aylangan. Mazkur paragrafda 
ana shu muammolar turlari, ularning kelib chiqish sabablari va har bir muammo 
uchun mantiqiy, amaliy yechimlar tahliliy ravishda ko‘rib chiqiladi. Shu orqali, 
o‘rmon xo‘jaliklarini moliyalashtirish sohasidagi tizimli islohotlarga ilmiy va 
amaliy asos yaratish maqsad qilinadi.

References

Published

2026-06-29