BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGLARIDA KORPORATIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING STRATEGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI.

Authors

  • Z.M.Zarifova. Author

Keywords:

korporativ madaniyat, maktabgacha ta’lim, bo‘lajak pedagog, strategik-pedagogik asos, kompetensiya, mentorlik, refleksiya, kasbiy etika.

Abstract

Mazkur maqolada bo‘lajak maktabgacha ta’lim 
pedagoglarida korporativ madaniyatni rivojlantirishning strategik-pedagogik 
asoslari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Maktabgacha ta’lim 
tizimining tez kengayishi, davlat va nodavlat tashkilotlar sonining ortishi, 
muqobil ta’lim shakllari hamda pedagog kadrlarni malaka oshirishga bo‘lgan 
ehtiyoj oliy ta’limda korporativ madaniyat kompetensiyasini alohida kasbiy 
sifat sifatida shakllantirishni talab etadi. Tadqiqotda korporativ madaniyat 
tushunchasi qadriyatlar birligi, kasbiy etika, muloqot madaniyati, jamoaviy 
hamkorlik, tashkiliy sodiqlik va reflektiv o‘zini rivojlantirish elementlari bilan 
izohlanadi. 
Maqolada Scheinning tashkiliy madaniyat nazariyasi, 
kompetensiyaviy yondashuv, tajribaviy ta’lim va hamjamiyatda o‘rganish 
konsepsiyalari asosida strategik-pedagogik model ishlab chiqildi. Natijada 
qadriyatlarga asoslangan o‘quv modullari, mentorlik, case-study, loyiha 
faoliyati, raqamli portfolio va OTM-MTT hamkorlik laboratoriyalari eng 
muhim strategiyalar sifatida asoslandi.

References

Published

2026-06-29