MINTAQALARDA IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY YONDASHUVLARI

Authors

  • Mahmudov Fayzulla Author

Keywords:

Mazkur jarayonda mahalliy byudjetlar hududlarning iqtisodiy rivojlanishini barqarorlashtiruvchi muhim moliyaviy omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki hududlarni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy jihatdan orqada qolayotgan hududlarni rivojlantirish hamda ularni iqtisodiy tushkunlikdan chiqarish bilan bog‘liq chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunlari hamda mahalliy byudjetlar haqidagi qarorlarda nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurslar har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihalarida va mahalliy byudjetlar to‘g‘risidagi qarorlarda belgilab boriladi.

Abstract

Hududiy rivojlanishni institutsional va moliyaviy jihatdan 
takomillashtirish, shuningdek uning moddiy hamda moliyaviy asoslarini 
mustahkamlash uchun tegishli huquqiy bazani shakllantirish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining har bir hududi uchun 
ishlab chiqilgan “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” dasturlarining 
amalga oshirilishi ustidan muntazam monitoring olib borish zarur hisoblanadi. 
Bunday yondashuv hududlar rivojlanishining samaradorligini baholash, 
mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy
iqtisodiy choralarni ishlab chiqish imkonini beradi.

References

Published

2026-07-17