REKLAMA DISKURSIDA DEIKTIK BIRLIKLARNING KOMMUNIKATIV-PRAGMATIK VAZIFASI (O’ZBEK VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA)
Keywords:
reklama diskursi, pragmatika, deiksis, shaxs deiksisi, zamon deiksisi, makon deiksisi, kommunikativ strategiya, persuaziya, qiyosiy tilshunoslik.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi reklama
diskursida qo‘llaniladigan deiktik birliklarning kommunikativ-pragmatik
xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda shaxs, makon, zamon
va ijtimoiy deiksisning reklama matnlaridagi funksional yuklamasi hamda
ularning auditoriyaga persuaziv ta’sir ko‘rsatishdagi o‘rni yoritiladi.
Shuningdek, xalqaro va mahalliy brendlarning rasmiy reklama matnlari asosida
deiktik birliklarning iste’molchi bilan kommunikativ yaqinlikni shakllantirish,
reklama xabarining adresatga yo‘naltirilganligini kuchaytirish va pragmatik
samaradorlikni oshirishdagi roli ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari
reklama diskursida deiksisning nafaqat grammatik, balki pragmatik va kognitiv
hodisa ekanligini ko‘rsatadi.