FAVQULODDA HOLAT TURLARI VA ULARDAN HIMOYALANISH USULLARI

Authors

  • Atadjanov Rustam Marksovich Author

Keywords:

Shuningdek, makolada favqulodda holatlarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etish bo‘yicha himoyalanish usullari yoritiladi. Aholini oldindan xabardor qilish tizimlari, muhandislik-texnik himoya choralarini ko‘rish, shaxsiy va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanish, evakuatsiya qoidalariga amal qilish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Bundan tashqari, aholining favqulodda holatlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, muntazam o‘quv mashg‘ulotlari va targ‘ibot ishlarini olib borish zarurligi qayd etiladi.

Abstract

Ushbu maqola favqulodda holatlarning turlari va ulardan 
himoyalanish usullarini batafsil yoritishga bag‘ishlangan. Unda favqulodda 
holatlar tabiiy, texnogen va ijtimoiy guruhlarga ajratilib, har bir turining o‘ziga 
xos xususiyatlari, kelib chiqish sabablari hamda oqibatlari kengroq tahlil 
qilinadi. Zilzila, suv toshqini, sel, ko‘chki, bo‘ron, yong‘in kabi tabiiy ofatlar, 
shuningdek sanoat avariyalari, portlashlar, kimyoviy va radiatsion xavflar bilan 
bog‘liq texnogen holatlar inson hayoti, sog‘lig‘i va atrof-muhit uchun jiddiy 
tahdid solishi ta’kidlanadi. Ijtimoiy xususiyatdagi favqulodda holatlar, 
jumladan ommaviy tartibsizliklar, terrorchilik harakatlari va boshqa xavfli 
vaziyatlar ham alohida ko‘rib chiqiladi.

References

Published

2026-07-28