GANDBOLCHILARDA CHAQQONLIK JISMONIY SIFATINI OSHIRISHNING SAMARALI USULLARI

Authors

  • Murodova Mashhura Yunusjonovna Author

Keywords:

gandbol, chaqqonlik, jismoniy sifat, koordinatsiya, reaksiya tezligi, tezkor harakat, mashg‘ulot texnologiyasi, sport tayyorgarligi, Illinois Agility Test.

Abstract

: Mazkur maqolada gandbolchilarda chaqqonlik jismoniy 
sifatini rivojlantirishning samarali usullari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan 
tahlil qilingan. Tadqiqot davomida maxsus koordinatsion mashqlar, tezkor 
harakatlarni rivojlantiruvchi mashqlar, reaksiya tezligini oshirishga qaratilgan 
mashg‘ulotlar hamda yo‘nalishni tez o‘zgartirishga asoslangan mashqlar 
kompleksining sportchilarning chaqqonlik ko‘rsatkichlariga ta'siri o‘rganildi. 
Pedagogik tajriba jarayonida eksperimental va nazorat guruhlari ishtirokida 
maxsus mashg‘ulot dasturi qo‘llanildi hamda Illinois Agility Test, T-test va 505 
Agility Test natijalari statistik tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari kompleks 
mashg‘ulotlar qo‘llanilganda gandbolchilarning harakat koordinatsiyasi, 
reaksiya tezligi va yo‘nalishni tez o‘zgartirish qobiliyati sezilarli darajada 
yaxshilanishini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida murabbiylar uchun chaqqonlikni 
rivojlantirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi

References

Published

2026-07-28