O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM OLISH HUQUQINI TA’MINLASHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY KAFOLATLARI
Keywords:
Bunda ta’lim olish huquqi va uning kafolati tushunchalarini farqlash zarur. Ta’lim olish huquqi Konstitutsiya bilan himoya qilinadigan da’vo bo‘lib, shaxsning bilim olish imkoniyatiga bo‘lgan asosiy talabini ifodalaydi. Kafolat esa ushbu huquqni amalga oshirishning aniq mexanizmi - bepul umumiy o‘rta ta’lim, davlat granti, qabul kvotasi, davlat ta’lim standarti, litsenziyalash talabi yoki ta’lim krediti hisoblanadi. Binobarin, alohida mexanizmningAbstract
Ta’lim olish huquqining buzilishi kamdan-kam hollarda ochiq inkor
shaklida namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha huquqning nomi saqlanib qoladi, biroq
uning real mazmuni asta-sekin torayadi: ta’lim muassasasi hududiy jihatdan
mavjud bo‘lsa-da, undagi o‘rinlar soni ehtiyojdan ortda qoladi; qabul rasman
ochiq bo‘lsa-da, to‘lov-kontrakt miqdori oilaning to‘lov qobiliyatidan oshib
ketadi; ta’lim jarayoni davom etsa-da, uning sifati davlat ta’lim standartlarining
minimal talablariga javob bermaydi; huquq qonunda e’lon qilingan bo‘lsa-da,
alohida ehtiyojli bola uchun moslashtirilgan sharoit yaratilmaydi. Shu sababli
konstitutsiyaviy tahlil faqat “ta’lim olish huquqi e’lon qilinganmi” degan
savolga emas, balki ancha murakkab savolga javob berishi lozim: formal
jihatdan mavjud huquq har bir inson uchun real, sifatli va moddiy jihatdan yetib
boriladigan imkoniyatga aylanganmi? Formal huquq bilan uning real mazmuni
o‘rtasidagi ana shu tafovut ta’lim olish huquqi kafolatlari muammosining
o‘zagini tashkil etadi.
Bunda ta’lim olish