XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA MEHNAT MUHOFAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARINING EVOLYUTSIYASI VA ZAMONAVIY RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Keywords:
mehnat muhofazasi, ISO 45001, OHSAS 18001, ISO 31000, ILO, Industry 4.0, risklarni boshqarish, Safety Culture, Vision Zero, inson xavfsizligi.Abstract
Maqolada mehnat muhofazasini boshqarish tizimlarining
xalqaro standartlar asosida rivojlanish bosqichlari, ularning nazariy
metodologik asoslari hamda zamonaviy sanoat korxonalarida qo‘llanilayotgan
innovatsion yondashuvlar tahlil qilingan. Mehnat muhofazasi tizimlarining
reaktiv boshqaruv modelidan proaktiv va riskga asoslangan boshqaruv
modeliga o‘tish jarayonlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. OHSAS 18001,
ISO 45001, ISO 31000 va Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO) tavsiyalari asosida
mehnat xavfsizligini boshqarish tizimlarining evolyutsiyasi qiyosiy tahlil
qilingan. Shuningdek, Industry 4.0 konsepsiyasi doirasida sun’iy intellekt,
buyumlar interneti (IoT), katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data), raqamli
egizak (Digital Twin) va bulutli texnologiyalarning mehnat muhofazasini
boshqarish tizimlariga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida xalqaro
standartlarning integratsiyasi mehnat xavfsizligi samaradorligini oshirish,
ishlab chiqarishdagi kasbiy xavflarni kamaytirish hamda boshqaruv qarorlarini
ilmiy asosda qabul qilish imkonini berishi asoslandi. Maqolada xalqaro
tajribalar va O‘zbekiston sanoat korxonalaridagi amaliyot qiyosiy tahlil qilinib,
mehnat muhofazasini innovatsion boshqarishning konseptual modeli taklif
etilgan.