MUSTAQILLIK YILLARIDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI (O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag’ishlanadi)

Authors

  • VALIYEV BOBUR BATIROVICH Author

Keywords:

xorijiy investitsiyalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, investitsiya siyosati, investitsion jozibadorlik, investitsiya muhiti, iqtisodiy liberallashuv, innovatsion rivojlanish, investitsiyalarni o‘zlashtirish salohiyati, yashil energetika, raqamli iqtisodiyot, global qiymat zanjirlari, O‘zbekiston–2030 strategiyasi..

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida, 
xususan, yangi islohotlar davrida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va uning transformatsiyasi tahlil qilingan. 
Mamlakat investitsiya siyosatining iqtisodiyotni liberallashtirish, institutsional 
islohotlarni chuqurlashtirish, sanoatni diversifikatsiya qilish, hududlarni 
kompleks rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va innovatsion 
iqtisodiyotni shakllantirishdagi roli ochib berilgan. 2017–2025-yillarda xorijiy 
investitsiya va kreditlar dinamikasi, ularning investitsiyalar tarkibidagi 
o‘zgarishi hamda hududlar bo‘yicha taqsimlanishi tahlil qilingan. Shuningdek, 
xorijiy investitsiyalarning samaradorligi mamlakatning innovatsion va 
institutsional salohiyati, inson kapitali hamda investitsiyalarni o‘zlashtirish 
qobiliyatiga bog‘liqligi asoslangan.  

References

Published

2026-08-21