O‘ZBEKISTON–QOZOG‘ISTON MADANIY HAMKORLIGINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI.
Keywords:
r: O‘zbekiston, Qozog‘iston, madaniy hamkorlik, madaniy gumanitar aloqalar, xalqaro munosabatlar, madaniyat kunlari, ilmiy almashinuv, tarixiy-madaniy meros, Markaziy Osiyo, integratsiya.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston va Qozog‘iston
Respublikalarining mustaqillik yillaridagi madaniy hamkorlik aloqalarining
rivojlanish tendensiyalari tarixiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda ikki davlat
o‘rtasidagi madaniy-gumanitar munosabatlarning shakllanish omillari,
huquqiy asoslari hamda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan.
Xususan, madaniyat kunlari, xalqaro festivallar, san’at va ijodiy jamoalar
almashinuvi, ilmiy-ma’rifiy loyihalar hamda madaniy merosni asrash bo‘yicha
amalga oshirilgan tadbirlarning ahamiyati ochib berilgan. Maqolada
O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlarining tarixiy, til va madaniy yaqinligi ikki
tomonlama aloqalarning rivojlanishida muhim omil sifatida ko‘rsatilgan.
Tadqiqot natijasida O‘zbekiston–Qozog‘iston madaniy hamkorligi nafaqat ikki
xalq o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashi, balki Markaziy
Osiyoda madaniy integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga ham xizmat qilishi
aniqlangan.