O'ZBEKISTON IQLIM SHAROITIDA LAVANDANING ILDIZ CHIRISHI ( PHYTOPHTHORA SPP., FUSARIUM SPP.) QO'ZG'ATUVCHILARIGA NISBATAN TRICHODERMA SHTAMMLARINING ANTAGONISTLIK FAOLLIGINI BAHOLASH VA ULARNI QO'LLASH SAMARADORLIGI
Keywords:
Lavanda, ildiz chirishi, Phytophthora spp., Fusarium spp., Trichoderma , antagonistlik faolligi, biopreparat, biologik nazorat.Abstract
Ushbu ishda Oʻzbekistonning keskin kontinental iqlim
sharoitida lavanda ( Lavandula angustifolia ) oʻsimligida ildiz chirishi
kasalliklarini keltirib chiqaruvchi Phytophthora spp. va Fusarium spp.
fitopatogenlariga
nisbatan
Trichoderma
zamburugʻ
shtammlarining
antagonistlik faolligi baholangan. In vitro sharoitida qarama-qarshi ekish
usulidan foydalanilib, Trichoderma shtammlarining pathogenlar radial
oʻsishini tormozlash koʻrsatkichi (PIRG) aniqlandi. Natijalar shuni koʻrsatdiki,
ajratib olingan faol Trichoderma shtammlari patogen zamburugʻlar miseliysi
oʻsishini 65-82% gacha ingibirlash va giperparazitlik xususiyatini namoyon
etdi. Tajribalar Trichoderma asosidagi biopreparatlardan Oʻzbekistonning issiq
va quruq iqlim sharoitida lavanda plantatsiyalarini bio-himoya qilish hamda
ildiz chirishi kasalliklarining oldini olishda samarali biologik agent sifatida
foydalanish mumkinligini koʻrsatadi.