BUXORO VILOYATIDA GASTRONOMIK TURIZMNING IJTIMOIY-IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING MARKETING VA RAQAMLI MEXANIZMLARI
Keywords:
gastronomik turizm, hududiy brend, geografik koʻrsatkich, gastro-festival, raqamli platforma, marketing mexanizmi, bandlik, daromad, Buxoro viloyati.Abstract
Maqolada Buxoro viloyatida gastronomik turizmning
ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishning marketing va raqamli
mexanizmlari oʻrganilgan. Tadqiqotning maqsadi hududiy gastronomik brend
yaratish, gastro-festivallar oʻtkazish, mahalliy mahsulotlarni geografik
koʻrsatkich sifatida sertifikatlash va raqamli platformalar orqali ilgari surish
mexanizmlarini asoslash hamda ularning mahalliy aholi bandligi va
daromadiga taʼsirini baholashdan iborat. Normativ-huquqiy hujjatlar tahlili,
rasmiy statistika, qiyosiy tahlil va modellashtirish usullaridan foydalanilgan.
Natijalar shuni koʻrsatadiki, viloyatda gastronomik brendning uchta tayanchi,
yaʼni huquqiy himoyalangan mahsulotlar, koʻp yillik festival anʼanasi va davlat
tomonidan yaratilayotgan raqamli infratuzilma mavjud, biroq ular yagona
marketing tizimiga birlashtirilmagan. Muallif tomonidan brend, sertifikatlash,
festival va raqamli platformani bogʻlovchi marketing mexanizmi modeli hamda
ijtimoiy-iqtisodiy samarani baholash koʻrsatkichlari tizimi taklif etilgan.