ONLAYN REKRUTING JARAYONIDA ODAM SAVDOSI XAVFINI OSHIRUVCHI OMILLAR VA ULARNING OLDINI OLISHNING HUQUQIY MEXANIZMLARI
Keywords:
odam savdosi, onlayn rekruting, raqamli platforma, mehnat ekspluatatsiyasi, soxta vakansiya, mehnat migratsiyasi, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, noqonuniy vositachilik, raqamli xavfsizlik, profilaktika.Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy raqamli muhitda onlayn
rekruting jarayonlaridan foydalanish bilan bog‘liq odam savdosi xavflari
ilmiy-nazariy va huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Internet tarmog‘i, ijtimoiy
tarmoqlar, messenjerlar va elektron ishga joylashtirish platformalarining keng
tarqalishi ish izlovchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan birga,
noqonuniy rekruting va mehnat ekspluatatsiyasi xavfini ham kuchaytirmoqda.
Tadqiqotda soxta vakansiyalar, yashirin mehnat shartlari, yolg‘on ish beruvchi
profillari, noqonuniy vositachilik va shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy zaifligidan
foydalanish kabi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, onlayn rekruting
jarayonida odam savdosining oldini olish, ish beruvchilarni verifikatsiya
qilish, raqamli savodxonlikni oshirish va davlat nazoratini takomillashtirish
bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.