TEMIR YO‘L TRANSPORTI TIZIMINING INNOVATSION RIVOJLANISHIDA RESURSLARDAN FOYDALANISH IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Authors

  • Bekbayeva Feruza Baxtiyerovna Author

Keywords:

temir yo‘l transporti, innovatsion rivojlanish, iqtisodiy samaradorlik, resurslar, investitsiyalar, innovatsion resurslar, resurslarni taqsimlash, kapital samaradorligi, inson kapitali.

Abstract

Temir yo‘l transporti tizimining innovatsion rivojlanishi katta 
miqdordagi moliyaviy, moddiy, texnologik va mehnat resurslarini talab etadi. 
Shu sababli innovatsion jarayonlarda resurslardan samarali foydalanish 
iqtisodiy natijadorlikni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. 
Mazkur maqolada temir yo‘l transportida innovatsion resurslarni shakllantirish 
va taqsimlashning iqtisodiy jihatlari, investitsiya va inson kapitalining o‘rni, 
resurslarni optimallashtirish hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirish 
masalalari ko‘rib chiqiladi. Resurslarni ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish, 
texnologik va iqtisodiy jihatdan o‘zaro bog‘liq jarayonlarni muvofiqlashtirish 
hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish innovatsion 
rivojlanishning muhim shartlari sifatida yoritiladi.

References

Published

2026-09-29