QASHQADARYO VILOYATI CHO‘LLANISH JARAYONI MUAMMOLARI
Keywords:
Cho`lshunos olim prof. L.Alibekovning ma`lumoticha hozirgi paytda O`zbekiston hududining 60 %i antropogen cho`llashuv jarayonlariga duchor bo`lgan qurg‘oqchil iqlimli yerlarning jami maydoni taxminan 40 mln. km2, ya’ni quruqlikning taxminan 25% ini tashkil yetib, yer yuzasi aholisining 20% i (800 mln. kishi) istiqomat qiladi [1]. Oʻzbekistonda 20-asrda, ayniqsa, uning 2 yarmida qishloq xoʻjaligida monokultura tizimining qoʻllanishi, gerbitsid vaAbstract
Qurg`oqchil (arid) iqlim mintaqasida cho‘llar maydonining 1960
yillardan boshlab keskin kengayishi avvalo mamlakatlarda aholi sonini
to‘xtovsiz oshib borishi, mamlakatlarning aholini oziq-ovqat bilan ta`minlash,
maqsadida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun ekin maydonlarining
kengayib borganligi hamda ma’lum ma’noda qurg‘oqchilikning tez-tez sodir
bo‘lganligi bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, O‘rta Osiyoning markazida joylashgan
Qashqadaryo viloyati hududida cho‘llanish jarayoni asosan yer resurslaridan
oqilona foydalanmaslik, chorva mollari sonining ortishi, cho‘llardagi
butasimon o‘simliklarning o‘tin sifatida kesilishi, tog‘-kon sanoatining
rivojlanishi, ya’ni tabiiy va antropogen omillar ta’sirida shakllanmoqda.
Cho‘llanish asta-sekin rivojlanuvchi jarayon bo‘lib hisoblanadi va albatta
shamol eroziyasi, bir xil bo‘lmagan relyef shakllariga, ko‘chib yuruvchi qumlar
harakati, qum tepaliklarining hujumiga bog‘liq holatda rivoj topadi.
Qashqadaryo viloyati hududida cho‘llanish jarayoni ekologik o‘zgarishlarini
yuzaga keltirishda tabiiy omillar bilan birgalikda antropogen omillarning o‘rni
o`rganish bugungi kunda ham dolzarbdir.