QASHQADARYO HAVZASI SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI
Keywords:
Ayniqsa, O`zbekistonning janubida arid mintaqada joylashgan Qashqadaryo viloyatida aholi sonining ortib borishi, shaharlarning kengayishi, sanoat korxonalarining ko`payib borishi, yerlarning o`zlashtirilishi suvga bo`lgan ehtiyojni yildan – yilga oshishiga sabab bo`lmoqda.Abstract
Suv resurslaridan oqilona foydalanish arid mintaqada joylashgan O`rta
Osiyo xususan, O‘zbekistondagi eng muhim dolzarb masalalardandir. Inson
hayoti faoliyati davomida barcha xo‘jalik tarmoqlarini tashkil etishning asosi
suv resurslari hisoblanadi va u insonning barcha xo‘jalik, ijtimoiy – madaniy
va turmush faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday daryo havzasida suv
resurslaridan foydalanishni rejalashtirish odatda mavjud havzadagi barcha suv
resurslarining jami oqim miqdorini aniq baholash asosida rejalashtirishni
taqozo etadi. Buning uchun havzada hosil bo‘lgan oqim rejimini o‘rganish
bilan birga, shu daryo havzasidagi sarflanayotgan suv oqimini umumiy
miqdorini ma`lumotlar asosida aniq tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Daryo
havzasida olib boriladigan gidrologik bashoratlar natijalari asosida aholi,
iqtisodiyot tarmoqlari, qishloq xo‘jalikning barcha tarmoqlarini suv
resurslaridan foydalanish faoliyatini rejalashtirish imkoniyatlari yaratiladi.
O‘rta Osiyoda suv resurslari cheklangan bo‘lib, Orol havzasiga kiruvchi
daryolarning ko‘p yillik o‘rtacha suv resursi (miqdori) 126,9 km3 ni tashkil
etadi. Ammo, mavjud asosiy suv resurslari (daryolar) respublikalar bo‘yicha
notekis taqsimlangan bo‘lib, V.YE.Chub ma’lumotlariga ko‘ra, 9,791 km3
O‘zbekiston hududida vujudga kelgan holda 53,5 km3 Tojikiston, 50,8 km3
Qirg‘iziston, 2,61km3 Turkmaniston,