TALABALARNING NUTQIY-KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA IFODALI O‘QISHNING ROLI
Keywords:
ifodali o‘qish, nutqiy kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, intonatsiya, pauza, urg‘u, temp, ritm, interaktiv metodlar, raqamli texnologiyalar.Abstract
Maqolada «Ifodali o‘qish praktikumi» fanini o‘qitish jarayonida
talabalarning nutqiy-kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning
samarali usullari tahlil qilinadi. Ifodali o‘qishning talabalarda to‘g‘ri talaffuz,
mantiqiy va so‘z urg‘usidan foydalanish, intonatsiya, pauza, temp, ritm, ovoz
tembri hamda emotsional ifodalilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdagi
ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda matnni lingvistik va badiiy tahlil qilish, audio
video materiallardan foydalanish, rolli o‘qish, «mikrofon», «ifodali o‘qish
laboratoriyasi», o‘z-o‘zini baholash va o‘zaro baholash kabi interaktiv
metodlarni qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Ifodali o‘qishni raqamli
texnologiyalar bilan integratsiyalash talabaning mustaqil ishlash, o‘z nutqini
tahlil qilish va kommunikativ vaziyatga moslashtirish qobiliyatini kuchaytirishi
asoslanadi. Natijada ifodali o‘qish faqat badiiy matnni ovoz chiqarib o‘qish
emas, balki talabaning kasbiy va kommunikativ kompetensiyasini
shakllantiruvchi kompleks amaliy jarayon ekani xulosa qilinadi.