KO‘P NUQTA, TIRE, QAVS VA QO‘SHTIRNOQNING DISKURSIV-PRAGMATIK FUNKSIYALARI
Keywords:
: punktuatsiya, ko‘p nuqta, tire, qavs, qo‘shtirnoq, diskurs, pragmatika, kommunikativ funksiya, nutq akti, kinoya, emotsional ekspressivlik.Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek yozma nutqida ko‘p nuqta, tire,
qavs va qo‘shtirnoqning diskursiv-pragmatik funksiyalari tahlil qilinadi. Tinish
belgilarining an’anaviy sintaktik vazifalari bilan bir qatorda, ularning
kommunikativ niyatni ifodalash, emotsional holatni yetkazish, pauza va
ikkilanishni ko‘rsatish, muallif munosabatini bildirish, qo‘shimcha izoh berish,
kinoya va baholash ma’nolarini shakllantirishdagi imkoniyatlari yoritiladi.
Tadqiqotda badiiy, publitsistik va internet diskursidan olingan tipik misollar
asosida ko‘p nuqta, tire, qavs va qo‘shtirnoqning pragmatik yuklamasi tahlil
qilinadi. Ko‘p nuqtaning tugallanmagan fikr, sukut, ikkilanish va yashirin
ma’noni; tirening keskinlik, qarama-qarshilik, izohlash va dialogik
dinamizmni; qavsning qo‘shimcha axborot, muallif izohi va subyektiv
munosabatni; qo‘shtirnoqning iqtibos, nominativ ajratish, kinoya va baholash
funksiyalarini amalga oshirishi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida mazkur
tinish belgilarini faqat grafik-sintaktik birliklar sifatida emas, balki diskursni
tashkil etuvchi faol pragmatik vositalar sifatida o‘rganish zarurligi asoslanadi.