TURIZM GEOGRAFIYASIDA RAQAMLI XARITALAR VA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH: IMKONIYATLAR VA ISTIQBOLLAR

Authors

  • Qaljanbaev Aqilbek Author

Keywords:

urizm geografiyasi, raqamli xarita, GIS, sun’iy intellekt, GeoAI, aqlli turizm, Qoraqalpog‘iston, turistik oqimlar.

Abstract

Maqolada turizm geografiyasida raqamli xaritalar (GIS, 
WebGIS, ommaviy geoma’lumotlar) va sun’iy intellekt (GeoAI) imkoniyatlari 
xorijiy, MDH, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston miqyosidagi tadqiqotlar 
asosida tahlil qilinadi. Nazariy yondashuvlar tizimlashtirilib, 2025-yil rasmiy 
statistikasi asosida turistik oqimlarning hududiy tuzilmasi baholandi. Tahlil 
shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonga kelgan 11,7 mln xorijiy fuqaroning taxminan 
74 foizi uch qo‘shni davlat hissasiga to‘g‘ri keladi, rekreatsion maqsadli 
tashriflar ulushi esa past. Qoraqalpog‘iston uchun hududiy darajadagi ochiq 
statistika yetishmaydi. Xulosada raqamli xarita va GeoAI vositalarini 
bosqichma-bosqich joriy etish modeli taklif etiladi. 

References

Published

2026-10-26