TRANSPORTDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING MUHIM JIHATLARI

Authors

  • Arabov Azizbek Navruz o’g’li Author

Keywords:

raqamli transformatsiya, raqamlashtirish, transport tizimi, temir yo‘l transporti, intellektual transport tizimi, elektron ruxsatnoma, eTIR, logistika samaradorligi indeksi, ma’lumotlar almashinuvi, O‘zbekiston.

Abstract

Maqolada transport sohasida raqamli transformatsiyaning 
muhim jihatlari yoritilgan. Raqamlashtirish, jarayonlarni raqamlashtirish va 
raqamli transformatsiya tushunchalari farqlanib, ular transport tizimiga tatbiq 
etilgan. Me’yoriy-institutsional, xizmat va jarayonlar, transchegaraviy o‘zaro 
muvofiqlik, infratuzilma va ma’lumotlar hamda inson kapitali va 
kiberxavfsizlik jihatlari ajratilgan. Temir yo‘l, xalqaro avtomobil tashuvlari, 
tranzit, shahar jamoat transporti va yo‘l harakatini boshqarishdagi raqamli 
yechimlar raqamli rivojlanish bosqichlari bo‘yicha tasniflangan. Jahon 
bankining 2023 yilgi Logistika samaradorligi indeksi ma’lumotlari asosida 
O‘zbekistonning eng zaif bo‘g‘ini bojxona va chegara tartib-taomillari (160 
mamlakat orasida 140-o‘rin) hamda yuklarni kuzatish (105-o‘rin) ekani 
ko‘rsatilgan. Raqamli yechimlarning aksariyati hali raqamlashtirish bosqichida 
ekani, transport tizimida transformatsiya esa eng zaif bo‘g‘in, ya’ni transport 
turlari va davlatlar o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi bilan cheklanishi 
asoslangan.

References

Published

2026-10-28