XALQARO BANK TIZIMIDA IQTISODIY INTEGRATSIYA
Keywords:
xalqaro bank tizimi, iqtisodiy integratsiya, xalqaro bank hamkorligi, transchegaraviy kapital harakati, bank xizmatlari, xalqaro to‘lov tizimlari,Abstract
Xalqaro bank tizimida iqtisodiy integratsiya jahon
moliyaviy munosabatlarining rivojlanishi, transchegaraviy kapital harakatining
kengayishi va bank xizmatlari bozorining globallashuvi sharoitida muhim
ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolaning maqsadi xalqaro bank tizimida
iqtisodiy integratsiyaning nazariy asoslarini o‘rganish, uning rivojlanish
omillarini aniqlash hamda xalqaro bank hamkorligining moliyaviy barqarorlik
va iqtisodiy o‘sishga ta’sirini yoritishdan iborat. Tadqiqotda tizimli va qiyosiy
tahlil, ilmiy umumlashtirish hamda institutsional yondashuv usullaridan
foydalaniladi. Xalqaro bank integratsiyasining asosiy yo‘nalishlari sifatida
transchegaraviy bank operatsiyalari, xalqaro to‘lov tizimlari, banklararo
hamkorlik, moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish va bank faoliyatini tartibga
solish standartlarini muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek,
integratsiya jarayonida yuzaga keladigan valyuta, kredit, likvidlik va tizimli